23/05/2024

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga viloyatimizdagi qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda parrandalarning umumiy soni 1 873,0 ming boshga yetgan.

Ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,8 % ga oshgan.

Viloyatdagi jami parrandalar soni 6 890,6 ming boshni tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 27,2 %i qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Axborot xizmati