23/05/2024

2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatda ko‘rsatilgan jami transport xizmatlarining 22,1 %i  Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan va 247,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning mos davriga nisbatan  mazkur xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 103,1 % darajada qayd etilgan.

Hisobot davrida Urganch shahrida ko‘rsatilgan jami bozor xizmatlari hajmi 1 809,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 13,7 %i transport xizmatlariga to‘g‘ri kelgan.

 
Axborot xizmati