2024- yil yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qo‘shko‘pir tumanida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 385,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 %ga oshgan.
Viloyatda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmida tumanning ulushi 11,5 %ga to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davrida ushbu hududda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari tarkibi:
go‘sht (tirik vaznda) – 7 067 tonna
sut – 20 718 tonna
tuxum – 4 422 ming dona
ovlangan baliq – 423,5 tonna.
Axborot xizmati