06/05/2024

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 3- may kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida seminar tashkil etildi.


Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-sonli Prezident Farmoni va ushbu mehyoriy-normativ hujjatlardan kelib chiqadigan asosiy chora-tadbirlar, iqtisodiy-ijtimoiy hayotimizda turli xildagi salbiy holatlarni keltirib chiqarayotgan korrupsiyaning paydo bo‘lish sabablari va uni oldini olishda har birimiz bilishimiz kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.


Axborot xizmati