03/05/2024

Joriy yilning 3- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar targ‘ibotga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi (2021- yil 11- avgustdagi) O‘RQ-707-sonli Qonuni, xususan statistika dasturlari, kuzatuvlari va registrlari, ro‘yxatga olishlar va ularni tashkil etishning muhim jihatlari haqida so‘z yuritildi.
Shu bilan birgalikda joriy yilning 4- martida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-114-sonli Prezident  qarorining mazmuni va mohiyati xususida bosh yuriskonsult I.Otajonov tomonidan zarur ma’lumotlar berildi.

Axborot xizmati