Gurlan tumanida joriy yilning yanvar-mart oylarida hajmi 366,2 mlrd so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
2023- yilning yanvar mart oylari bilan solishtirilganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1,9 %ga oshgan.
Viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 9,9 %ni tashkil qilgan.
Ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 12,8 mlrd so‘mni, chorvachilik mahsulotlari hajmi 343,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Axborot xizmati