2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 170,9 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 4,8 %ini tashkil qilgan.
2023- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan dehqonchilik mahsulotlari hajmi 11,5 %ga oshgan.
Viloyatda jami yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Bog‘ot (13,7 %), Yangiariq (10,2 %), Tuproqqal’a (7,1 %) tumanlariga to‘g‘ri keldi.
Dehqonchilik mahsulotlari o‘sish sur’atini hududlar kesimidagi tahliliga ko‘ra, yuqori o‘sish sur’atlari Xonqa (157,2 %), Tuproqqal’a (144,3%) va Bog‘ot (138,1%) tumanlarida qayd etilgan.
Axborot xizmati