2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyat bo‘yicha ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3 527,9 mlrd so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,2 %ni tashkil etgan.
Shu jumladan:
dehqonchilik mahsulotlari - 170,9 mlrd so‘mni (111,5 %)
chorvachilik mahsulotlari - 3 357,0 mlrd so‘mni (102,8 %) tashkil qildi.
Viloyatda jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Urganch (11,3 %), Qo‘shko‘pir (11,2 %), Xonqa (10,3 %) va Gurlan (10,1 %) tumanlariga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati