26/04/2024

2024- yilning 26- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan vebinar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda asosiy mavzu “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-149-sonli Prezident Qarorining  mazmun va mohiyati, shu munosabat bilan amaliyotga joriy etilayotgan yangiliklar yuzasidan axborot berishga doir bo‘ldi.

Shuningdek, boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov  qonunchilikda qabul qilingan sohaga oid huquqiy hujjatlar bo‘yicha zarur tushuntirishlar berdi.



Axborot xizmati