26/04/2024

Viloyatimizda aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 2024- yilning yanvar-martida 1245,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Xiva shahriga to‘g‘ri kelgan va 6039,6 ming so‘mga teng bo‘lgan.

Shuningdek, bu ko‘rsatkich Yangibozor tumanida 2805,6 ming so‘m, Urganch shahrida 2145,8 ming so‘m va Urganch tumanida 1552,1 ming so‘m darajada qayd etildi.

 

Axborot xizmati