Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 489,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan va ushbu hajm hududlar kesimida quyidagicha o‘zlashtirilgan:
Xiva shahri – 597,4 mlrd so‘m
Urganch tumanida – 332,2 mlrd so‘m
Urganch shahrida – 330,7 mlrd so‘m
Yangibozor tumanida – 260,0 mlrd so‘m
Xiva tumanida – 230,2 mlrd so‘m
Qo‘shko‘pir tumanida – 218,5 mlrd so‘m
Bog‘ot tumanida – 112,8 mlrd so‘m
Shovot tumanida – 96,0 mlrd so‘m
Xonqa tumanida – 93,5 mlrd so‘m
Hazorasp tumanida – 77,3 mlrd so‘m
Gurlan tumanida – 53,3 mlrd so‘m
Yangiariq tumanida – 49,9 mlrd so‘m
Tuproqqal’a tumanida – 38,0 mlrd so‘m.
Axborot xizmati