19/04/2024

2024- yilning 19- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tizimda korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish va bu bo‘yicha mavjud qonunchilik normalaridan xabardor qilishga qaratilgan vebinar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarma tarmoq bo‘limlari va hududiy statistika bo‘limi boshliqlari (masofadan) ishtirok etishdi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024- yil 4- martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-114 sonli qarorining mohiyatini tushuntirib o‘tdi.

Shu bilan birgalikda yig‘ilganlar tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, hisobot intizomini ta’minlash, statistik hisobotlarni vaqtida taqdim qilmagan yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llash hamda konsalting xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan zarur ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

 

Axborot xizmati