13/04/2024

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida statistika bo‘limlari xodimlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
O‘rganishlar natijasida olingan ma’lumotlar viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari tomonidan tahliliy o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mahalliy hokimliklarga taqdim etilmoqda.

Suratlarda: viloyatning Urganch, Yangibozor va Gurlan tumanlarida mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.



Axborot xizmati