13/04/2024

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 198,9 ming tonna baliq ovlandi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 107,3 % ni tashkil etdi.

Ovlangan baliq umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xorazm viloyati (15,6 %) hissasiga toʻgʻri keldi.

Shu bilan birga, Toshkent (13,6 %), Andijon (10,9 %) va Samarqand (9,0 %) viloyatlarida ham ovlangan baliqning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

 

 

 

Matbuot xizmati