Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/24- o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni 293 tani tashkil etgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2018/2019- o‘quv yili boshiga nisbatan 235 taga ko‘paygan.
Yillar kesimida faoliyat yuritayotgan nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni:
— 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 58 ta
— 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 91 ta
— 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 102 ta
— 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 135 ta
— 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 194 ta
— 2023/2024-o‘quv yili boshiga – 293 ta.
Matbuot xizmati