13/04/2024

2024- yil  yanvar-fevral oylarida Shovot tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 159,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich viloyat sanoatining 5,1 % ulushiga to‘g‘ri kelgan.

Tuman sanoatida yuqori ulush to‘qimachilik mahsulotlari chiqarish hissasiga to‘g‘ri kelib 68,9 %ni yoki 110,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, ishlab chiqarish hajmida oziq-ovqat mahsulotlari (16,0 %) va kiyim ishlab chiqarish (6,6 %) faoliyat yo‘nalishlari salmoqli ulushga ega bo‘lgan.

 

 

Axborot xizmati