Qo‘shko‘pir tumanida joriy yilning 1- mart holatiga 440 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra, savdo (191 ta), sanoat (116 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (42 ta) sohalarida ularning soni salmoqli bo‘lgan.
2024- yilning yanvar-fevral oylarida ushbu tumanda 15 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.
Axborot xizmati