Bugun, 5- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarni mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2024- yilning 29- fevral kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi O‘RQ-917-sonli qonunning asosiy mazmun va mohiyati bilan tanishtirib, zarur tushuntirishlar berib o‘tdi.
Axborot xizmati