01/04/2024

2024- yilning  yanvar-fevral oylarida Xiva tumanida 44,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,2 %ni tashkil etgan.

Viloyat umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 9,1 %ga to‘g‘ri kelgan.

Tumanda eng ko‘p qurilish ishlari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib 71,1 %ni tashkil etgan.

Jami hajmning qolgan qismini norasmiy sektor (28,7 %) va yirik korxonalar (0,2 %) tashkil qilgan.

 Axborot xizmati