29/03/2024

Gurlan tumanida faoliyat yuritayotgan  220 ta sanoat korxonasi tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida  111,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarish tarkibida eng yuqori ulush to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning hissasiga to‘g‘ri kelgan va 72,8 %ni (81,1 mlrd so‘mni) tashkil qilgan.

Shuningdek yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari (16,4 %), mebel (2,2 %) va tayyor metall buyumlar (2,0 %) ishlab chiqarish faoliyat yo‘nalishlarida qayd etilgan.

 Axborot xizmati