Joriy yilning 29- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika hamda tarmoq bo‘limlarning boshliqlari ishtirokida yangi qabul qilingan qonunlarnining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga “ Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-49-sonli Prezident farmoni, “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 115- sonli Prezident qarorining mazmun va mohiyati yuzasidan ma’lumot berdi.
Shu bilan bir qatorda xodimlar mart oyida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining qisqacha sharhlari bilan tanishtirildi.
Axborot xizmati