28/03/2024

Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazila boshlandi.


2024- yilning 27-28- mart kunlari viloyatning Xiva, Yangibozor va Bog'ot tumanlarida ana shunday kuzatuvlar tashkil etildi.


Mazkur o‘rganishlar davomida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid ma’lumotlar qayd etib boriladi.

Axborot xizmati