28/03/2024

2024- yil  yanvar-fevral oylarida viloyat eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Shovot tumani  hissasiga to‘g‘ri kelgan va 17,0 %ni tashkil qilgan.

Hisobot davrida tuman eksporti hajmi 10,6 mln AQSH dollarini tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 92,8 %ga ko‘paygan.

Eksport tarkibida sanoat tovarlari (9,3 mln dollar), har xil tayyor buyumlar (1,0 mln dollar), oziq- ovqat mahsulotlari (0,3 mln dollar) yuqori hajmga ega bo‘lgan.

  Axborot xizmati