2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizdan Pokistonga qiymati 17,6 mln AQSH dollarlik tovar (xizmatlar) eksporti amalga oshirilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 28,4 %ga yoki 3,9 mln dollarga ko‘paygan.
Ushbu davlatning viloyat eksporti umumiy hajmidagi ulushi 28,1 %ni tashkil qilgan.
Ko‘rilayotgan davrda viloyatdan eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining 47,1 %i Pokiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati