25/03/2024

2024- yilning   yanvar-fevral oylarida  viloyatimizda 549,4 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan va o‘tgan yilning yanvar-fevral oylari bilan taqqoslaganda, o‘sish sur’ati 114,3 %ni  tashkil qilgan.

Transport xizmatlarining umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 92,3 % darajada qayd etilgan.

Hududlar orasida  eng yuqori hajm Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan va 133,4 mlrd soʻmni tashkil etgan.       

Mazkur hududda transport xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 114,5 %ni tashkil etgan.

Axborot xizmati