2024- yilning yanvar oyida Urganch shahrida 66 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan bo‘lib, ularning faoliyat yuritayotganlar soniga nisbati 1,6 %ni tashkil qilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p yangi kichik biznes subyekti savdo (29 ta) hamda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida tashkil etilgan.
Ma’lumot o‘rnida: 2024- yilning yanvar oyida viloyat bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari soni 280 tani tashkil etib, shundan 23,6 %i Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati