12/03/2024

Xiva shahrida joriy yilning yanvar oyida umumiy hajmi 13,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

2023- yilning yanvariga nisbatan qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati viloyatdagi eng yuqori ko‘rsatkichda qayd etilgan va 128,3 %ni tashkil qilgan.

Hududdagi qurilishlar tarkibida eng yuqori hajm kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan va 10,6 mlrd so‘mni yoki jami hajmning 79,8 %ini tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati