05/03/2024

2024- yilning 5- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov o‘tgan 2023- yilning yakunlari bo‘yicha statistika ishlari Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish, statistik hisobotlarni o‘z vaqtida, sifatli va haqqoniy qabul qilinishida o‘rnak bo‘lgan, har chorakda o‘tkazilgan Hay’at yig‘ilishlari yakunlariga ko‘ra yaxshi natijalarga erishgan tarmoq bo‘limlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining diplomlarini topshirdi.


A.O‘tamuratov taqdirlangan bo‘lim xodimlariga keyingi mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, ularning safi kengayishiga, jamoadagi barcha birdek o‘z vazifasiga mas’uliyat va sidqidildan yondoshishiga ishonch bildirdi.

 

Axborot xizmati