Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023- o‘quv yili boshiga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishiga 134 217 nafar xotin-qiz qabul qilingan.
Qabul qilingan xotin-qizlar soni sohalar bo‘yicha quyidagicha:
Ta’lim – 65 065 nafar;
San’at va gumanitar fanlar – 14 286 nafar;
Biznes, boshqaruv va huquq – 11 741 nafar;
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 10 291 nafar;
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 10 167 nafar;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot – 8 487 nafar;
Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 4 428 nafar;
Qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariya – 4 027 nafar;
Xizmatlar – 2 971 nafar;
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 2 754 nafar.
Matbuot xizmati