2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Shovot tumanida hajmi 1 179,5 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3 %ni tashkil qilgan.
Tumanda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining ko‘rsatkichlari:
jami don – 52,6 ming tonna, shundan bug‘doy – 38,6 ming tonna
kartoshka – 18,1 ming tonna
sabzavotlar – 64,7 ming tonna
poliz mahsulotlari – 20,2 ming tonna
meva va rezavorlar – 23,4 ming tonna
uzum – 2,3 ming tonna.
Axborot xizmati