26/02/2024

2024- yilning yanvar oyida Xonqa tumani sanoat korxonalari tomonidan hajmi 76,6 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 6,4 %ni tashkil qilgan.

Hisobot davrida tuman sanoatida quyidagi faoliyat turlari yuqori hajmga ega bo‘lgan:

to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 50,1 mlrd so‘m

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 18,3 mlrd so‘m

mebel ishlab chiqarish – 3,4 mlrd so‘m

kiyim ishlab chiqarish – 1,6 mlrd so‘m.

 

Axborot xizmati