23/02/2024

2024- yilning 23- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibotga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi (2021- yil 11- avgust) O‘RQ-707-sonli Qonuni, xususan statistika dasturlari, kuzatuvlari va registrlari, ro‘yxatga olishlar va ularni tashkil etishning muhim jihatlari haqida so‘z yuritildi.

Shu bilan birgalikda  joriy yilning yanvar oyida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar xususida bosh yuriskonsult I.Otajonov tomonidan zarur ma’lumotlar berildi.



Axborot xizmati