23/02/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 75,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 146,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.



 Bu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 martaga yoki 78,8 ming tonnaga ko‘paygan.

 Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (27,2 %), Pokiston (21,2 %), Xitoy (13,4 %) hamda Qozog‘iston (9,2 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 2024- yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 6,8 % ini tashkil etgan.

 

 Matbuot xizmati