2024- yilning yanvar oyida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 75,2 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga to‘g‘ri keldi va 32,8 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmning 43,7 %ini tashkil etdi.
Shuningdek, uyushmagan savdoda quyidagi mahsulotlar yuqori ulushga ega bo‘lgan:
non va non mahsulotlari – 16,7 %
don mahsulotlari – 11,3 %
chorva mollari va parrandalari uchun em xashak – 6,4 %
nooziq-ovqat tovarlari – 6,4 %
tovuq go‘shti – 4,7 %
tuxum – 2,7 %
sut va sut mahsulotlari – 2,5 %
quritilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari – 2,4 %
Axborot xizmati