Joriy yilning 16- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan bu galgi seminarda ishtirokchilarga 2024- yilning yanvar oyida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Xususan, “Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi (12.01.2024- yil O‘RQ-895-son), “Adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi ( 16.01.2024- yil O‘RQ-896-son), “Davlat boji to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (16.01.2024- yil O‘RQ-897-son), “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi (17.01.2024- yil O‘RQ-898-son) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yangi qabul qilingan qonunlarning amaliyotga tadbiq etilishi bilan kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirish berdi.
Axborot xizmati