16/02/2024

Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam oʻrnatilganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalar holatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

    Oʻrganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari toʻliq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari oʻrnatilmagan koʻchalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.

    Olingan maʻlumotlar asosida hududlar kesimida tahliliy axborot tayyorlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga taqdim etilmoqda va shu asosda  kerakli chora tadbirlar  koʻrilmoqda.

 

                                                                                                                                             Axborot xizmati