2023- yilning yanvar-dekabrida Hazorasp tumanida asosiy kapitalga 663,3 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 23,6 %ga ko‘paygan.
Umumiy hajmning 89,9 %ini markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tashkil qilgan.
Markazlashmagan investitsiyalarning tarkibi:
korxonalarning o‘z mablag‘lari – 235,2 mlrd so‘m
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar – 88,1 mlrd so‘m
aholi mablag‘lari – 258,1 mlrd so‘m
bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari - - 14,7 mlrd so‘m.
Axborot xizmati