15/02/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Qo‘shko‘pir tumanida 419,1 mlrd so‘mlik  sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Tuman sanoatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yuqori ulushga ega bo‘lgan va 65,2 % yoki 273,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek umumiy hajmda quyidagi mahsulotlar salmoqli ulushga ega:

oziq-ovqat mahsulotlari – 17,4 %

boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 3,9 %

kiyim ishlab chiqarish – 3,5 %

kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – 2,4 %.

 

Axborot xizmati