Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 844,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan 109,5 % ga yetdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 58,1 mlrd so‘mni(o‘sish sur’ati 77,4 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 786,2 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 113,0 %), shundan,uyushmagan savdo tovar aylanmasi 169,9 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 127,9 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati