2023- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, viloyatimizdagi barcha xo‘jaliklarda 49 879 tonna uzum yetishtirilgan.
2022- yilning mos davri bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 2,6 %ga oshgan.
Xo‘jalik toifalari orasida uzum yetishtirishning eng katta hajmi ya’ni 36 743 tonna yoki umumiy hajmdan 73,7 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etildi.
Yetishtirilgan hosilning umumiy hajmida yuqori ulushga ega hududlar:
Bogʻot tumani – 33,1 %
Urganch tumani - 16,9 %
Yangibozor tumani - 10,8 %
Xonqa tumani - 8,9 %.
Axborot xizmati