2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Yangibozor tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 2 286,4 mlrd so‘m tashkil etib, 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 %ga o‘sgan.
Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 52,3 %i dehqonchilik, 47,7 %i chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari umumiy hajmida xo‘jalik toifalarining ulushi:
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari – 59,6 %
fermer xo‘jaliklari – 35,4 %
qishloq xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar – 5,0 %.
Axborot xizmati