2024- yilning fevral oyida viloyatimizning barcha hududlarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.
Joriy yilning 7- fevral kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev Xiva tumanida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi U. Vaisov bilan birgalikda “Parchanxos” va “Qushchi Kattabog‘” mahallalaridan kuzatuv dislokatsiyasiga tushgan turar-joylarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.
O‘z navbatida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.
Axborot xizmati