07/02/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida  viloyatimizda  169,0 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Xo‘jalik toifalari orasida meva va rezavorlar yetishtirishning eng katta hajmi, ya’ni 106,9 ming  tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 63,2 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etildi.

Shuningdek, hosilning 59,7 ming tonnasi fermer xo‘jaliklari, 2,4 ming tonnasi qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Meva va rezavorlar yetishtirishda yuqori ulushga ega hududlar:

 Shovot  tumani – 13,8 %

Xiva tumani – 11,8 %

Bogʻot tumani - 10,9 %

Urganch  tumani - 10,4 %.

 

Axborot xizmati