06/02/2024

2023- yilning  yanvar-dekabr oylarida Tuproqqal’a tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 514,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2022- yilning shu davri bilan solishtirilganda investitsiyalar hajmi 51,3 %ga oshgan.

Jami investitsiyalarning 90,7 %i markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Markazlashmagan investitsiyalarning tarkibida:

korxona mablag‘lari- 285,4 mlrd so‘mni

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar – 72,1 mlrd so‘mni

aholi mablag‘lari – 103,7 mlrd so‘mni 

bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari – 5,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati