2019-2023- yillarning yanvar-dekabr oylari davomida viloyatimizning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida jami 3 981 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan.
Bu ko‘rsatkich yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar umumiy sonining 15,2 %ini tashkil etgan.
So‘nggi 5 yilda sohada yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari sonining dinamik o‘zgarishi:
2019- yilda – 629 ta
2020- yilda – 1 116 ta
2021- yilda – 636 ta
2022- yilda – 910 ta
2023- yilda 690 ta.
Axborot xizmati