2023- yilning yanvar- dekabr oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 166,9 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 4,5 %ga o‘sish kuzatilgan.
Poliz mahsulotlari yetishtirishning eng katta hajmi, ya’ni 84,8 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 50,8 %i fermer xo‘jaliklarida qayd etildi.
Tahlillar 2022- yilga nisbatan ko‘rsatib o‘tilgan davrda fermer xo‘jaliklarida poliz mahsulotlari yetishtirish 6,0 % oshganini ko‘rsatgan.
Axborot xizmati