05/02/2024

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 34,2 mln nafarni tashkil etgan.



Shundan, 28,8 mln nafari aholida qayd etilgan.

Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 79 birlikni tashkil etdi.

Yillar kesimida har 100 doimiy aholiga to‘g‘ri keladigan abonentlar soni (1- yanvar holatiga):

— 2020- yil – 69 ta

— 2021- yil – 71 ta

— 2022- yil – 73 ta

— 2023- yil – 76 ta

— 2024- yil – 79 ta

 

Matbuot xizmati