2023- yilning 12 oyida viloyatda 2 322 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan ular sonining o‘sishi 8,7 %ni tashkil qilgan.
Viloyat bo‘yicha ajralishlar sonining eng yuqori o‘sish Xiva shahri (33,3 %), Xonqa tumani (31,1 %), Urganch tumani (17,6 %), Gurlan tumanida (16,0 %) qayd etilgan.
Nikohdan ajralishlar sonining 2022- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan kamayishi Qo‘shko‘pir (13,0 %) va Tuproqqal’a (7,5 %) tumanlarida kuzatilgan.
Axborot xizmati