2024- yilning 2- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tizimda korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish va bu bo‘yicha mavjud qonunchilik normalaridan xabardor qilishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I. Otajonov “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240 sonil Prezident Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023- yil 20- iyundagi 37-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan xodimlarni rahbatlantirish tartibi hamda ularni ta’qibga olinmasligini kafolatlash to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma” ning mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o‘tdi.
Axborot xizmati