2023- yilning yanvar-dekabrida kichik biznes subyektlarining viloyat eksportidagi ulushi 65,0 %ni tashkil etib, qiymati 192,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan.
Ko‘rilayotgan davrda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Qo'shko‘pir tumanida – 100,0 %ni, Xiva tumanida – 97,6 %ni, Hazorasp tumanida – 91,9 %ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati